Botir Qodirov - Yoronlar

Rangi-ro`ying somonmi,
Tanu-joning omonmi,
Demang holing yomonmi,
Yoronlar!

Men yonmayin kim yonsin,
Qanday dilim quvonsin?
So`zlarimga ishonsin-ey,
Yoronlar.

Bir cho`g` tushdi ichimga,
Dushman bo`ldim tinchimga.
Dardimni aytay kimga,
Yoronlar?

Sevibman toshbag`irni,
Bir zolim serqahrni.
Yondirishga mohirni,
Yoronlar.

Yoronlar, ey yoronlar,
Yuragimda bo`ronlar.
Boshda shovqin-suronlar,
Ey yoronlar.

Yoronlar, ey yoronlar,
Ayting tili biyronlar,
Bitsin intizor onlar,
Ey yoronlar.

Yo`llariga zor etdi,
Dunyolarni tor etdi,
Bir bora keldi, ketdi-yey,
Yoronlar.

Ko`zim ko`zida qoldi,
Oftob yuzida qoldi,
Jonimni yulib oldi-yey,
Yoronlar.

Shundan yuzim somondir,
Holim shunga yomondir,
Sog`ligim ham gumondir-ey,
Yoronlar.

Sevgi nima, og`umi?
Chaqmoqmi yo yog`dumi?
Sehrmi yo jodumi,
Yoronlar?

Yoronlar, ey yoronlar,
Yuragimda bo`ronlar.
Boshda shovqin-suronlar,
Ey yoronlar.
Yoronlar, ey yoronlar,
Ayting tili biyronlar,
Bitsin intizor onlar,
Ey yoronlar. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Botir Qodirov - Kimga aytay
Kumush Razzoqova - Ketdi-ketdi
Dj Piligrim, Nilufar - Dilim
Botir Qodirov - Bora-bora
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты