Oybek Hamroqulov - Qurboniman

Bir fitna fe’llining, yuzi xollining,
Bir shirin tillining qurboniman men.
Bir qad maqollining, lab zilollining,
Bir og`zi bollining qurboniman men.

Bir qad maqollining, lab zilollining,
Bir og`zi bollining qurboniman men.

Bir siyoh mo`ylining, atir bo`ylining,
Bir nozik o`ylining, oftobro`ylining, (x2)
Bir jannat ko`ylining, sarvi bo`ylining,
Bir shamshod gullining qurboniman men. (x2)

Bir ko`zi sharmlining, o`t nazarlining,
Zulfi anbarlining, mushki tarlining, (x2)
Bir gulzor barlining, zar kamarlining,
Ingichka bellining qurboniman men. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Nuriddin Hamroqulov - Qurboniman men
Sherali Jo'rayev - Nozik
Jahongir Otajonov - Qaddi baland
Aziz Rajabiy - Jim-jim
Faxriddin Umarov - Ishq eli


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты