G'ulomjon Yoqubov - Me’ros

Abadiy qahraton, mangu biyobon,
Tahlikali ummon zabtidan holi,
Bir latif go`sha bor, Haq suygan makon,
To`rtta faslda ham behad safoli.

Bag`rida ulg`ayib, topgaymiz kamol,
Biz nihol, yurt bag`ri – bog`-u gulshandir.
Mard o`g`lonlar bizga ibratu timsol,
Har o`g`il-qiz yurtga sodiq dilbanddir.

Har gulu-giyohin lablarida bol,
Bu shunday borlig`i laziz Vatandir.

Me’ros bizga betakror vatan,
Me’ros bizga betimsol chaman,
Jondan ortiq sevgaymiz, asraymiz albat.
Me’ros bizga tabarruk tuproq,
Me’ros bizga qadimiy ardoq,
Ozod Vatan gullagay, yashnagay abad.

Vatanim mehrining yo`qdir adog`i,
Barcha farzandlarin baxtiyor etar.
Jahongashta oftob charchagan shomi,
Yurtimiz bag`ridan taft olib ketar.

Bu shunday borlig`i mukammal ma’vo,
Haq nazari tushgan qutlug` maskandir.
Yashnagay koinot turgunicha to,
Bu shunday borlig`i laziz Vatandir.

Me’ros bizga betakror vatan,
Me’ros bizga betimsol chaman,
Jondan ortiq sevgaymiz, asraymiz albat.
Me’ros bizga tabarruk tuproq,
Me’ros bizga qadimiy ardoq,
Ozod Vatan gullagay, yashnagay abad. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Dilso'z - Vatanim
Gulsanam Mamazoitova, Ozodbek Nazarbekov - Shu aziz Vatan barchamizniki
Zulayho Boyxonova - Yurtim
Sarvar va Komil - Vatanim
Sherali Jo'rayev - O’zbekiston


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты