(Qop-qora, qop-qora… {x2})
Hey, bir yigit bor, ko`chamdan o`tadi asta,
Har safar ko`rganida deydi “bo`ldim xasta”.
Yonimga kelib, gapirib hech to`xtamaydi,
Ishona olmasligimni nega tushunmaydi?
Voy, go`yoki ekanman misli oy,
Ta’riflagani doim chiroy,
Holingga qilmagin bo`ldi voy, voy, voy, voy.
Qop-qora, qop-qora, qop-qora qoshimga,
Mani qarashimga bo`lmagin ado.
Yolvora-yolvora kelsa ham qoshimga,
Yoring bo`lishimga bo`lmagin fido. (x2)
Dema-dema tanhosan, yagona, bitta,
Qancha-qancha go`zallar bor, ana mingta.
Shulardan bittasini tanla, baxtli bo`l,
So`zlarim yaxshilikka, ketaver yiroqlab.
Voy, go`yoki ekanman misli oy,
Ta’riflagani doim chiroy,
Holingga qilmagin bo`ldi voy, voy, voy, voy.
Qop-qora, qop-qora, qop-qora qoshimga,
Mani qarashimga bo`lmagin ado.
Yolvora-yolvora kelsa ham qoshimga,
Yoring bo`lishimga bo`lmagin fido. (x2+x2)
Бошка кушик матнлари: