Ozodbek Nazarbekov - Topilmas

Dard ustimdan kular, darmon topilmas,
Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas. (x2)
Ko`zlar seni izlar, yo`lingga boqib,
Sevaman deb aytgani imkon topilmas. (x2)

Dard ustimdan kular, darmon topilmas,
Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas.

Bog`i Eramlardan kelganmisan yo,
Xayollar suraman, bo`ladi ro`yo, (x2)
Qachon yulduz bo`lib, socharsan ziyo,
Suhbat aylagani bir on topilmas.

Qachon yulduz bo`lib, socharsan ziyo,
Suhbat aylagani imkon topilmas.
Dard ustimdan kular, darmon topilmas,
Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas.

Har ne boshga tushdi, shirin so`zladim,
O`zim ham bilmadim, neni ko`zladim, (x2)
Oyni ko`rolmagan kundek bo`zladim,
Sen-la birga bo`lgani zamon topilmas. (x2)

Dard ustimdan kular, darmon topilmas,
Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas.

Ko`zlar seni izlar, yo`lingga boqib,
Sevaman deb aytgani imkon topilmas. (x2)

Dard ustimdan kular, darmon topilmas,
Boshimda xavf yelar, qalqon topilmas.



Бошка кушик матнлари:


Ozodbek Nazarbekov, Shirin Mamatova - Une vie d’amour
Gulsanam Mamazoitova, Ozodbek Nazarbekov - Bir kami to’lmagan dunyo
Nasiba Abdullaeva - Ko’zlar
Dj Piligrim - Seni sevaman
Asliddin Do'stov - Keldim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты