Uchala qiz chiqdi ariq bo`yiga,
Surmalarni surib qaro ko`ziga. (x2)
Nozlanishib ketishar bog` yo`lida,
Atlasining taroqlari maydadur,
Ey, biri lola, biri sumbul, biri gul,
Biri lola, biri sumbul, biri gul.
Uchala qiz chiqdi ariq bo`yiga,
Surmalarni surib qaro ko`ziga.
Qoshlariga o`sma yarashgan ekan,
Sochlarini mayin tarashgan ekan. (x2)
Kimni kutar yo`lga qarab dam-badam,
Gulzordagi gullar kabi birgadur,
Ey, biri lola, biri sumbul, biri gul,
Biri lola, biri sumbul, biri gul.
Uchala qiz chiqdi ariq bo`yiga,
Surmalarni surib qaro ko`ziga.
Senga salom aytdik yana, muhabbat,
Arazlardan qaytdik mana, muhabbat. (x2)
Bahor bersin hamma go`zallarga baxt,
Qo`limizda turfa gullar dastadur,
Ey, biri lola, biri sumbul, biri gul,
Biri lola, biri sumbul, biri gul.
Uchala qiz… qiz… siz…
Qoshlariga o`sma yarashgan ekan,
Sochlarini mayin tarashgan ekan. (x2)
Uchala qiz chiqdi ariq bo`yiga,
Surmalarni surib qaro ko`ziga. (x2)
Uchala qiz… qiz.. qiz…
Бошка кушик матнлари: