Yagona - Daryo

Daryo to`lib-toshib oqar,
Qirg`og`idan oshib oqar,
U qirg`oqdan manga boqar
Yorimning o`t nigohi.
Daryodan yor o`tolmayin,
Man tomonga yetolmayin,
Jonginamni qo`shib yoqar
Yorimning o`t nigohi. (x2)

Dilimning ohi-vohi,
Yorimning o`t nigohi.
Ko`rinsa gohi-gohi
Yorimning o`t nigohi.

Majnuntolning novdasiday
Titraydi maning jonim-a,
Titraydi tanda jonim.
Yorga dardim aytolmayin,
Ko`zlarda yosh marjonim-a,
Ko`zlarda yosh marjonim-a,
Titraydi tanda jonim.

Bo`lsa zora, zora,
Dardga chora, chora,
Yig`ladim yolvora,
Kuydi bora-bora.

Daryo to`lib oqar sekin,
Yorim hamon boqar, lekin
U ham meni o`ylarmikin
Ko`rinmay qolsam gohi?
Ko`rinsam yal-yal tovlanib,
Qalbiga cho`g` qalovlanib,
Ketar yana olovlanib
Yorimning o`t nigohi. (x2)

Dilimning ohi-vohi,
Yorimning o`t nigohi.
Ko`rinsa gohi-gohi
Yorimning o`t nigohi.

Majnuntolning novdasiday
Titraydi maning jonim-a,
Titraydi tanda jonim.
Yorga dardim aytolmayin,
Ko`zlarda yosh marjonim-a,
Ko`zlarda yosh marjonim-a,
Titraydi tanda jonim.

Bo`lsa zora, zora,
Dardga chora, chora,
Yig`ladim yolvora,
Kuydi bora-bora.



Бошка кушик матнлари:


Bahriddin Zuhriddinov - Daryo
Erkin Xudoyqulov - To’ying kuni
Botir Qodirov - Bora-bora
G'ulomjon Yoqubov - Manga
Leyla - Yor-yor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты