Leyla - Lazgi

Bo`y taratib davralarda
Bo`ylamasang alam-ey,
Kuy taratib sho`x qo`shiqlar
Kuylamasam alam-ey. (x2)

Kuygan dillarni yondirib
Qiynamasang alam-ey,
Xorazmning lazgisiga
O`ynamasang alam-ey.

Xorazmning lazgisiga
O`ynamasang alam-ey.

Yuraklarni yondiradi
Xorazmning lazgisi,
O`ynamasang o`ynatadi
Xorazmning lazgisi.

Mayda-mayda qadam bosib,
Barmog`ing shaqillatib,
Yondirasan yuraklarni,
Eshigin taqillatib. (x2)

Alam qilar ishonganing
Ketganda laqillatib,
Xorazmning lazgisiga
O`ynamasang alam-ey.

Ey, Xorazmning lazgisiga
O`ynamasang alam-ey.

Yuraklarni yondiradi
Xorazmning lazgisi,
O`ynamasang o`ynatadi
Xorazmning lazgisi.

Lazgi jonga jon beradi
Sho`x tarona naqshida,
Yuragingda o`tlar yonib,
O`ynab qolsang yaxshi-da. (x2)

Dardi borga go`zal sozim,
Xush ovozim baxshida.
Xorazmning lazgisiga
O`ynamasang alam-ey.

Ey, Xorazmning lazgisiga
O`ynamasang alam-ey.

Yuraklarni yondiradi
Xorazmning lazgisi,
O`ynamasang o`ynatadi
Xorazmning lazgisi. (x1+x2)



Бошка кушик матнлари:


Sardor Mamadaliyev - Lazgi
Manzura - Lazgi
Leyla - Yondiradi Leyla
Ziyoda - Mayda-mayda
Yulduz Usmonova - Xush keldilar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты