Murodbek Qilichev - Sensiz

(Yuragim ko`ksimni yorayotgandek,
Ismingni takrorlab urayotgandek.
Oh, naqadar azob bu cheksiz,
Bir lahza urmagay yuragim sensiz.

Sen mening hayotim, orzu-havasim,
Umrim mazmunisan, har bir nafasim.
Balki sen yasharsan dunyoda mensiz,
Men qanday yasharman, jonginam sensiz?)

Qalbimda ohlarim oh urar unsiz,
Senga talpinarman kechayu-kunduz. (x2)
Balki sen yasharsan jonginam mensiz,
Men qanday yasharman dunyoda sensiz? (x2)

Sensiz, sensiz,
Men qanday yasharman dunyoda sensiz? (x2)

Yashamog`im mumkin yupun, savlatsiz,
Dabdabasiz, boylik, molu-davlatsiz. (x2)
Dunyoda borliging har nega tengsiz,
Men qanday yasharman dunyoda sensiz? (x2)

Sensiz, sensiz,
Men qanday yasharman dunyoda sensiz? (x2)

Sensiz yuragimning koshonasi bo`sh,
Kelgin, yuragimga yuragingni qo`sh.
Sen tomon eltuvchi so`qmoqlar unsiz,
Men qanday yasharman dunyoda sensiz?

Bir umr shaydoman senga, yolg’izim,
Sensiz zimistondir bahoru-kuzim,
Qalbimda dardlarim bedavo, unsiz,
Men qanday yasharman dunyoda sensiz?

Qalbimda dardlarim bedavo, unsiz,
Men qanday yasharman dunyoda sensiz?

Sensiz, sensiz,
Men qanday yasharman dunyoda sensiz? (x2)



Бошка кушик матнлари:


Rayhon - Borliging
Yodgor Mirzajonov - Yuragingni ber
Sevinch Mo'minova, Vohidjon Isoqov - Sensiz
Feruza Karimova - Muhabbat azob ekan
Adi - Bahor fasli


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты