Hey you, pariro`y, ovozingiz yoqimtoy,
Yuzingizga mahliyoman, oshiq bo`ldim hoynahoy.
Aytaqoling ismingiz, telefon raqamingiz,
Sir bo`lmasa, bera qoling menga manzil-joyingiz.
Faqat bo`la qoling tez, maning vaqtim g`animat,
Agar-agar sizniki bo`lsachi keyingi bekat?
Qorong`u kechalari tushlarimda ko`raman faqat,
Sizni uchratolmasman, chunki taqdir beshafqat.
To`g`ri so`z ham og`ir botar, achchiq bo`lsa haqiqat,
Ismingiz aytmasangiz bormi – men uchun bu musibat.
Tuyg`ularim izhor etaman, qolmadi sabr-toqat, yeah,
Sabr-toqat yeah, sabr-toqat yeah.
Peshonamga yozilganimsiz, mani yorim,
Gullab-yashnagan bahorimsiz, mani yorim.
Umr bo`yi izlaganimsiz, maning yorimsiz,
Maning yorimsiz, maning yorim.
Notanish qiz, notanish,
Qaysi manzil joydasiz?
Qaramaydi notanish,
“O`ralmaydi” notanish. (x2)
Hayron bo`lasiz, nega ikkilanasiz,
Axir ko`p yillar osha kutgansiz mani hamisha.
Jonim, ha man o`sha, mana sizga tomosha,
Yurakda his-hayajon, talpinaman siz tomon.
Mana man, mana siz, juda yaqin oramiz,
Tushdamas o`ngingizda turaman yoningizda.
Bilaman sezasiz – menga juda yoqasiz,
Yurakdan his etaman, men ham sizga yoqaman.
Namuncha sirli boqasiz, qarab-qarab yoqasiz,
Go`zallar ichra tanho, yonasiz misli zuhro.
Sizsiz men – men emas, hayotim hayot emas,
Dunyoning go`zalliklari sizsiz ko`zga ko`rinmas.
Peshonamga yozilganimsiz, mani yorim,
Gullab-yashnagan bahorimsiz, mani yorim.
Umr bo`yi izlaganimsiz, maning yorimsiz,
Maning yorimsiz, maning yorim.
Notanish qiz, notanish,
Qaysi manzil joydasiz?
Qaramaydi notanish,
U tanimaydi notanish. (x2)
Maning yorimsiz, maning yorim…
Sabr-toqat yeah, sabr-toqat yeah…
Maning yorimsiz, maning yorim…
Notanish qiz, notanish,
Qaysi manzil joydasiz?
Qaramaydi notanish,
“O`ralmaydi” notanish. (x4)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: