Shaxriyor - Rasvo

(Mana senga o`sha kayf, mana-mana,
Mana senga o`sha kayf, mana-mana,
Mana senga o`sha kayf, mana-mana…)

Mana senga o`sha kayf,
Mana senga o`sha kayf.

Mana o`zing bilding, qayga etib kelding,
Chalg`itadi aqlingni chiriyotgan vujuding.
Gap so`zingning tayini yo`q,
Kayfdan boshqa darding yo`q,
Ertayu kech qaqshagan
Tanangda ham rangging yo`q.

Eng daxshati – xumoring tutganda
Ko`zingga hech kim, hech narsa ko`rinmaydi.
Bor-yo`g`ingni beribsan, usiz turolmassan,
O`zing bilasan – qutulolmassan.

Mana senga o`sha kayf,
Mana senga o`sha kayf, e, o.
Mana senga o`sha kayf,
Rasvo, rasvo. (x2)

(Mana senga o`sha kayf, mana-mana,
Mana senga o`sha kayf, mana-mana… (x2))

Mana senga o`sha kayf,
Mana senga o`sha kayf.

Qani sendagi uyat, insoniylik fazilat,
Qani ota-onaga bo`lgan hurmatu-izzat?
Na sevgi bor dilingda,
Bir do`sting yo`q yoningda.
O`zingni olib qo`lga,
Balki o`ylab ko`rasan?

Eng daxshati – bir kun bu ahvolda
Ko`cha-ko`yda bir nima bo`lib qolsang,
Xoru zor bo`lib, esiz o`tib ketasan,
O`zing bilasan – qutulolmassan.

Mana senga o`sha kayf,
Mana senga o`sha kayf, e, o.
Mana senga o`sha kayf,
Rasvo, rasvo. (x2)

Mana senga o`sha kayf,
Mana senga o`sha kayf…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Ulug'bek Rahmatullaev - Ota
Pitbull - I Know You Want Me (Calle Ocho)
Abdurashid Yo'ldoshev - Boshqalarda yo’q
Bojalar guruhi, Shaxri - Zing-zing


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты