Radius 21 - Gangsta rep

Bir, ikki, uch, to`rt,
Qani mandan o`tib ko`r,
Mani repim chinakam,
Hozir bunaqasi kam.

Bir, ikki, ikkita “ход”,
Mana shoh – mana mot.
Tanishganimdan xursandman,
Mani ismim Shahzod.
21 degani – onda-sonda,
Ya’ni har zamonda
Yarataman bitta hit.

Osmonda parvoz,
Mana “высший пилотаж”.
“Саквояж”imdagi boru-yo`g`imni
Taqdim etaman.

Mana sanga gangsta rep,
Seryogali Rossiya,
Mana sanga gangsta rep.
Mana sanga gangsta rep,
Emin-Eminem,
Mana sanga gangsta rep. (x2)

Yoqimsiz, bemaza, maza anavi bola,
Jonga tegdi toza “беспонтовая попса”.
Hammani qiynagan “заноза” bo`ldi kerak emas,
Quloqlarimga rahming kelsin,
Qani jim bo`l bir pas-s-s.

Shou-biznes aslida sariq chaqa,
Jonimga tegdi MTVdagi jonsiz musiqa.
“Glyukoza” bo`lmasa “ViaGra”, yana kimga qanaqa,
Botqoqlarda bulbulman deb sayraydi qurbaqa. (vaq-vaq)

Mana sanga gangsta rep,
Seryogali Rossiya,
Mana sanga gangsta rep.
Mana sanga gangsta rep,
Emin-Eminem,
Mana sanga gangsta rep. (x2)

MTVda to`polon,
Dima Timati bilan
hammaga ovoza,
Shou-biznes bemaza.

Pugachova va Filipp
Birga olishdi klip,
Oraga tushdi Maksim,
To`kib ketdi kerosin.

Mana sanga gangsta rep,
Seryogali Rossiya,
Mana sanga gangsta rep.
Mana sanga gangsta rep,
Emin-Eminem,
Mana sanga gangsta rep. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Shaxriyor - Bemaza
Abdulhay Karimov - To’y bola
Ummon - Uyda jim o’tir
Ulug'bek Holiqov - Bu kechada
Yulduz Abdullayeva - Hay bola


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты