Oybek va Nigora, Radius 21 - Uchrashamiz

[Radius 21]
Hech qayerdan, hech qaylarda paydo bo`ldi sevgi,
Tush edimu yoki ro`yo, qoldirmadi belgi.
Kapalakdek nozik tuyg`u, sen keraksan menga,
Bunchalar shirin azob yoqimli.

Uchratamiz, uchrashamiz, urushib yarashib,
Sevamiz va sevilamiz, unutib eslaymiz.
Ishq o`tida kuyib-yonib rohatlanamiz,
Kim bilar, nechun azob yoqimli?

[Nigora]
Dilim yashnar edi ko`rganda bir seni,
Balki sog`inganda qalbim yig`lar.
Men ham sevgan edim, ko`nglim bergan edim,
Armon bo`lib qolgan bu muhabbat. (x2)

[Jama smile]
Uchratamiz, uchrashamiz, urushib yarashib,
Sevamiz va sevilamiz, unutib eslaymiz.
Ishq o`tida kuyib-yonib rohatlanamiz,
Kim bilar, nechun azob yoqimli?

Rashk qilamiz, qiynalamiz, gumon qilamiz,
Sog`inib nafratlanamiz, bekor qilamiz.
O`zimizcha kuyib-yonib rohatlanamiz,
Kim bilar, nechun azob yoqimli?

[Nigora va Oybek]
Yig`laydi yuragim yulduzli tunlari,
Yolg`iz osmon bilar ko`z yoshlarim.
Seni suygan edim, sen-la kuygan edim,
Bu sevgi olib kelarmikin baxt? (x2)

[Nigora]
Dilim yashnar edi ko`rganda bir seni,
Balki sog`inganda qalbim yig`lar.
Men ham sevgan edim, ko`nglim bergan edim,
Armon bo`lib qolgan bu muhabbat.

Yig`laydi yuragim yulduzli tunlari,
Yolg`iz osmon bilar ko`z yoshlarim.
Seni suygan edim, sen-la kuygan edim,
Bu sevgi olib kelarmikin baxt?

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


G'ayrat Usmonov - Kulsang
Yulduz Usmonova - Qadr yig’laydi
Dj Piligrim, Nilufar - Dilim
Anora - Tuyg’u
Sherali Jo'rayev - Nozik


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты