Onasining yurak-bag`rin ezib ketar,
Otasining ham ko`nglin buzib ketar,
Jiqqa yosh yanog`ida sizib ketar,
Qiz bolaga qiyin ekan, qiz bolaga.
Yoshligidan ulg`aytirib-o`stirib,
Mehmondayin kuzatadi yetsa bo`yi,
Boshlanadi qiz bazmi bilan to`yi,
Qiz bolaga qiyin ekan, qiz bolaga.
Qiz bolaning nozi shirin, nozidan ovozi shirin,
Yoshlatmagin ko`zlarini, tingla biroz so`zlarini.
Axir endi sening yoring omonat bu ojiza qiz,
Fayzlarga to`ldiradi uylarini. (x2)
Peshonasi yorlaqasa, tinib ketar,
Mard va jasur yor uchrasa unib ketar,
Hayot og`ir bo`lsa, mayli ko`nib ketar,
Qiz bolaga qiyin ekan, qiz bolaga.
Orzu-havas qilsa, ko`rsin davronlari,
Sindirmasin sarob ulkan armonlari.
Dilbariga asl jannat rayhonlari,
Qiz bolaga qiyin ekan, qiz bolaga.
Qiz bolaning nozi shirin, nozidan ovozi shirin,
Yoshlatmagin ko`zlarini, tingla biroz so`zlarini.
Axir endi sening yoring omonat bu ojiza qiz,
Fayzlarga to`ldiradi uylarini. (x2+x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: