Turkman qizga ketaver, bosh egmasman,
Oldimga qaytib kelsang, kechirmasman. (x2)
Turkman ota qirqta qamchi urganda
Uzring aytib kelsang, boqmasman. (x2)
Uzring aytib kelsang, boqmasman.
Yo`l bo`lsin-a, yo`l bo`lsin-a, yo`l bo`lsin,
Yo`l bo`lsa-da, yo`l bo`lsa-da, mo`l bo`lsin. (x2)
Turkman yigit qilichini o`ynatsa,
Quyon bo`lib qocharingiz cho`l bo`lsin. (x2)
O`zgalarga boqqanlarga tegmasman,
Og`zidan suv oqqanlarga tegmasman, (x2)
Etagiga ketaversa ergashib,
Qoshlarini qoqqanlarga tegmasman. (x2)
Yo`l bo`lsin-a, yo`l bo`lsin-a, yo`l bo`lsin,
O`zbek qizin kamsitganga mo`l bo`lsin.
Yo`l bo`lsin-a, yo`l bo`lsin-a, yo`l bo`lsin,
O`zbek qizin o`ksitganga mo`l bo`lsin.
O`zbek qizi qayrilib bir boqmasa,
Manman degan maftunquli qul bo`lsin. (x2)
Manman degan maftunquli qul bo`lsin.
Yo`l bo`lsin-a, yo`l bo`lsin-a, yo`l bo`lsin,
Yo`l bo`lsa-da, mo`l bo`lsin-a, mo`l bo`lsin. (x2)
Yo`llaringga chim bosaman, o`tmaysan,
Men turganda turkman qizga yo`l bo`lsin. (x2)
Turkman qizga ketaver, bosh egmasman,
Oldimga qaytib kelsang, kechirmasman. (x2)
Turkman ota qirqta qamchi urganda
Uzring aytib kelsang, boqmasman. (x2)
Uzringni aytib kelsang, boqmasman… {x2}
Бошка кушик матнлари: