Lola, Shaxriyor - Ko’nikmadim

[Shaxriyor]
Birinchi uchrashuvni esladim, esla sen ham,
Ikkimizdan qolgan yodgorlik bormi?
Men o`zgarmadim, sen ham o`shasan,
Qani o`sha sevgi, senda shu savol bormi?

Tungi osmonda so`ngan bo`lsa yulduzlar,
Bil, sen ko`nglimda o`chmas bo`lib qolgansan.
Yer bilan osmon ehtimol o`rin almashar,
Ammo seni, sevgim, hech kimga alishmasman.

Yuzim kulib turar, dil esa xasta,
Kim menga sendayin yor bo`la oldi?
Hech kim, deya javob berdim ohista.

[Lola Yuldasheva]
Egallagan sevgi qafasi, unda men yolg`izman hamon,
Chegarasini ko`rmay ezilar yurak yomon.
Mehringni his etay va uzoqlarga ketay,
Bir bora tushlarimga endi kel, kel.

Yuragim, hislarim
Nega sendan voz kecholmas,
Nega seni unutolmas?
So`zlarim, ko`zlarim
Sendan o`zgani ko`rishga,
O`zgani sevishga ko`nikmadi, ko`nikmadi.

[Shaxriyor]
Men sensizlikka ko`nikdim, ko`nikkin sen ham,
Unut meni, yurak o`zgaga zor, deding.
Yozgan she’rlarimni birma-bir o`qib chiqsam,
Har bir satrlarimda, har bir so`zida bor eding.

Menga sevgi dengizini ilk bora sen ochding,
So`ngra tubiga tortarding, yoqamni qo`yvormay.

[Lola Yuldasheva]
Mmm, meni bundan halos et,
Ikkimizga ham qolmasmu armon?
Balki men bunga ko`nikolmadim, ammo.
Mehringni his etay va uzoqlarga ketay,
Bir bora tushlarimga endi kel, kel.

Yuragim (yuragim), hislarim, (hislarim)
Nega sendan (nega) voz kecholmas? (nega ayt)
Nega seni unutolmas?
So`zlarim (so`zlarim), ko`zlarim, (ko`zlarim)
Sendan o`zgani ko`rishga,
O`zgani sevishga…

Yuragim (yuragim), hislarim, (hislarim)
Nega sendan (nega) voz kecholmas? (nega ayt)
Nega seni unutolmas?
So`zlarim (so`zlarim), ko`zlarim, (ko`zlarim)
Sendan o`zgani ko`rishga,
O`zgani sevishga ko`nikmadi!

[Shaxriyor]
Alam deymu, borim deymu, (ko`nikmadim)
O`tkan kunlar sevgi deymu?
Yoki tuyg`ulardan jo`shib,
Seni unutmadim deymu?

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Lola, Rayhon - Ko’nikmadim
Mansurxon Nurmatov - Olib ketay
Shahzod Murodov - O’shasan
Lola, Tohir Sodiqov - Undan nimam kam
Farrux Raimov - Ketmoqdaman


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты