Sherali Jo'rayev - Majnuntol

Suv bo`yida majnuntol, soch yozgan suluv misol,
Tushirganmu uzugin, termulib surar xayol. {x2}

O`ltirdim soyasida, bag`rida poyasida, {x2}
Ishq daftarin o`qidim, suvning hikoyasida.

Suv bo`yida majnuntol, soch yozgan suluv misol,
Tushirganmu uzugin, termulib surar xayol.

Sog`intirsa yuragim, visol bo`ldi tilagim, {x2}
Qachon kelar yonimga-yey dilginamni keragim. {x2}

Intizorligim bilsa, unga zorligim bilsa,
Majnuntoldek kutishga man bezorligim bilsa.

Hech ketmasman yiroqqa, chidolmasman firoqqa,
Majnuntoldek kutarman-ey, kelmaguncha biz yoqqa. {x2}

Suv bo`yida majnuntol, soch yozgan suluv misol,
Tushirganmu uzugin, termulib surar xayol. {x2}

Termulib surar xayol… {x2}



Бошка кушик матнлари:


Yodgor Mirzajonov - Qora soch
Akbar - So’yla majnuntol
Sherali Jo'rayev - El bilsa bo’ldi
Muhriddin Xoliqov - Parizod
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты