Yalangoyoq yurgan o`sha ko`chalar,
Oyim yopgan shirin kulchalar,
Erta tongdan yangrardi “Vodiy sadosi”,
Beg`ubor edi hayotim.
Nega endi bag`ringdan uzoqlarda yashaymiz,
Sayyohmiz biz sarsonmiz.
Olislarda ovungan, vatanini sog`ingan,
Firog`ida og`ringan.
“Bolalar”, “Dado”, “Setora”,
Ona yurtim Farg`ona, afsonaviy yillarim.
Endi uzoqlarda yashayman, sog`inaman, qo`msayman,
Bir kun bag`ringga qaytaman, qaytaman, qaytaman, hey.
Afsonaviy yillarim… {x2}
“Piligrim”, Ruslan Sharipov, Samandar,
Bu mening baxtiyor bolaligim.
Navqiron chinorlar, baland tog`lar,
Keng ko`chalar va bog`lar.
Qayerlarda bo`lmayin, kimligim unutmayman,
Faxr-la tilga olaman.
Kechir meni, Vatanim, so`z beraman, bir kun
Umrbod bag`ringga qaytaman.
“Bolalar”, “Dado”, “Setora”,
Ona yurtim Farg`ona, afsonaviy yillarim.
Afsus uzoqlarda yashayman, sog`inaman, qo`msayman,
Bir kun bag`ringga qaytaman, qaytaman, qaytaman, yey.
Qancha dunyo kezib, sendan muqaddas
Joyni topmadim, afsonaviy yillarim.
Qaniydi bir zumga bolaligimga,
Farg`onamga qaytsam, afsonaviy yillarim.
“Bolalar”, “Dado”, “Setora”,
Ona yurtim Farg`ona, afsonaviy yillarim.
Hou-vo, sog`inaman, qo`msayman,
Uzoqlarda yashayman, ye-yey.
“Bolalar”, “Dado”, “Setora”,
Ona yurtim Farg`ona, afsonaviy yillarim.
Endi uzoqlarda yashayman, sog`inaman, qo`msayman,
Bir kun bag`ringga qaytaman.
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: