Sherali Jo'rayev - Gar kaklik oldirsa

Gar kaklik oldirsa jo`ja bolasin, {x2}
Sayray-sayray izlamasdan bo`larmu?
Gar bulbul yo`qotsa gulu lolasin, {x2}
Hasratinda bo`zlamasdan bo`larmu?

To`ka-to`ka ko`z yoshining bulog`in,
Har kim izlar yo`qotsa gar bir yoshin, (x2)
Oq jayron oldirsa qo`ldan ulog`in, {x2}
Ma’ray-ma’ray izlamasdan bo`larmu?

Oq jayron oldirsa qo`ldan ulog`in,
Ma’ray-ma’ray izlamasdan bo`larmu?

Ayroliqqa odam o`g`li naylasin,
Kim qolar ko`rmayin ajal hiylasin? (x2)
Maxtumquli, hayvonlar bilsa bolasin, {x2}
Inson bag`rin tuzlamasdan bo`larmu?

Maxtumquli, hayvonlar bilsa jigarin,
Inson bag`rin tuzlamasdan bo`larmu? {x2}



Бошка кушик матнлари:


Zohirshoh Jo'raev - Jayron ko’zlar
Yulduz Usmonova - Yursin karvonlar
Anvar Sanayev - Ko’zlari jayron
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Sherali Jo'rayev - El bilsa bo’ldi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты