Bahrom Nazarov - Farg’onada bittagina

Sen kabi qomati raso Farg`onada bittagina, {x2}
Men kabi qaddingga ado Farg`onada bittagina. {x2}

Sen kabi diydori tabib, nozi shifo qayda yana? {x2}
Men kabi dardi bedavo Farg`onada bittagina. {x2}

Sen kabi sultoni husn Turon aro bir donadir, {x2}
Men kabi husningga gado Farg`onada bittagina.

Sen kabi jon ofatini yuz yil bino etsa Egam, {x2}
Men kabi yuz joni fido Farg`onada bittagina. {x2}

Sen kabi qomati raso Farg`onada bittagina,
Men kabi qaddingga ado Farg`onada bittagina.

Farg`onada bittagina… {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shermuhammadga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Dilfuza Rahimova - Elimga
VIA Karavan - Yangi yil
Bahrom Nazarov, Bojalar guruhi - Yo’q-yo’q
Aziz Rajabiy - Nozi bor
Bojalar guruhi - Ado bo’ldi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты