Tohir Mahkamov - Arzonga sotding

Yorug` dunyo ko`rmay o`tdim dunyodan,
Yoshligimdan yoshga to`ldi bu ko`zim. (x2)
Qayg`u, hasratlarim to`lgan zamonda
Sen meni arzonga sotding, ey do`stim. (x2)

Bu dunyo men uchun alomat bo`ldi,
Do`stim deb so`zladim, malomat boldi. (x2)
Nechun do`stlar bazmi qiyomat bo`ldi?
Sen meni arzonga sotding, ey do`stim. (x2)

Xiyonating bilan qiynaldi jonim,
Nafratdan qoraydi tiniq osmonim.
Ammo butun qoldi toza iymonim,
Sen meni arzonga sotding, ey do`stim.

Ammo butun qoldi toza iymonim,
Sen meni arzonga sotding, ey do`stim.

Yolg`on hayratlarga ishondim uzoq,
Soxta mehr qo`ydi jonimga tuzoq. (x2)
Nechun qulab ketdi ishonch degan tog`?
Sen meni arzonga sotding, ey do`stim. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Iroda Dilroz - Xo’p degin
Kumush Razzoqova - Ketdi-ketdi
Iroda Iraliyeva - Osmonim
Manzura - Xiyonating
Mavluda Asalxo'jayeva - Marg’ilonning yo’llari


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты