Oxunjon Madaliyev - Sevgimga

Ming marta sig`ingan sevgimga
Bir marta sig`insang yetardi. (x2)
Ming yilga yetgulik sevgimga
Bir lahza sevganing yetardi. (x2)

Har kuni yo`lingni poylasam,
Jilmayib o`tganing yetardi. (x2)
Sevgimni olamga jar solsam,
Pichirlab aytganing yetardi. (x2)

Sevishni bilmadim, azizim,
Bilarding, bilganing yetardi.
Bir umr begona qildingku,
Arazlab qolganing yetardi.

Yolg`izlab qo`ydingku, yolg`izim,
Umidvor yurganim yetardi. (x2)
Ko`ksimda bir buyuk sevgi bor,
Senga ham, menga ham yetardi. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Dilso'z - Bir marta sevaman
Hosila Rahimova - O’zingni ehtiyot qil
Shahzoda - Umidvor
Шахзода - Umidvor
Botir Qodirov - Yurak


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты