Sherali Jo'rayev - Ona yurt O’zbekiston

Sozlar chalib kuylasam, madhing ado bo`lmag`ay,
Dunyo kezib izlasam, o`xshashing topilmag`ay.
Bu dunyoning jannati, sensiz ko`nglim to`lmag`ay,
Ona yurt O`zbekiston – oltinga topilmag`ay.

Gullagan vodiylaring go`zallikka andoza,
Samarqandu Buxoro keng dunyoga ovoza.
Yerda huru paridek qizlaring gul-gul, toza,
O`g`lonlaring mard erur, nomardga sotilmag`ay.

Jidda, Toif, Madina, Makkada ham kutgan bor,
Dushanbeda jon berib, Afg`onda qon yutgan bor,
Turku Hindu Qashqarda ko`zi ochiq o`tgan bor,
Vatan deya o`lsa kim, tuprog`i sovrilmagay.

Olisdagi yurtdoshlar senga quloq tutmoqda,
Bosqinchilar yetkazgan jarohatlar bitmoqda,
O`g`lonlaring, qizlaring istiqlol deb chiqmoqda,
Iymoni pok elimning yo`llari bog`lanmagay,
Ona yurt O`zbekiston – oltinga topilmagay.



Бошка кушик матнлари:


Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Shaxriyor - Men uchun vatan
Ahmadjon Tojiboyev - Vatan
Ulug'bek Rahmatullaev - Vatan bilan bo’l
Zamir - Buxoro


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты