Sobirjon Mo'minov - Axtarib borsam sani

Axtarib borsam sani,
Manziling gulzor ekan.
Man sanga bersam ko`ngil,
Berganing ozor ekan. (x2)

Sog`inib tunlar o`tar,
Beqaror kunlar o`tar. (x2)
Sanga, yor, kimlar yetar?
Manga ko`p xumor ekan.

Axtarib borsam sani,
Manziling gulzor ekan.
Man sanga bersam ko`ngil,
Berganing ozor ekan.

Kechalar xayol uchar,
Erkalab, bo`ying quchar. (x2)
Bunchalar bo`lma o`jar,
Tunlarim bedor ekan.

Axtarib borsam sani,
Manziling gulzor ekan.
Man sanga bersam ko`ngil,
Berganing ozor ekan.

Sochlaring sumbul misol,
Qoshlaring – ko`kda hilol. (x2)
So`rmading mandan ahvol,
Oshig`ing bisyor ekan.

Axtarib borsam sani,
Manziling gulzor ekan.
Man sanga bersam ko`ngil,
Berganing ozor ekan. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Ro'zimuhammad Mo'minov, Sobirjon Mo'minov - Ko’z tegmasin
G'ulomjon Yoqubov - Manga
Ozodbek Nazarbekov - Kimlar
Otabek Mutalxo'jaev - O’zga sayyoralik
Xushnud - Oshig’ing


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты