G'iyos Boytoyev - Rayhon bo’ylaringni

Ariqning bo`yida tebranar rayhon,
Xushbo`ylik jismiga bag`ishlab u jon. (x2)
Oshiq samo isi kelsa bog`larga,
Bog`larni tutarmu ifori shodon?

Rayhon bo`ylaringni olamga tarat,
Xushbo`ylik olamin o`zingga qarat.
Rayhon bo`ylaringni olamga tarat,
Xushbo`ylik olamin o`zingga qarat.

Aytgil, xush iforni qaydan olgansan?
Gulzorlardan nechun ketib qolgansan? (x2)
Nahotki gullardan sen uyalgansan?
Nahotki gullardan sen uyalgansan?

Rayhon bo`ylaringni olamga tarat,
Xushbo`ylik olamin o`zingga qarat.
Rayhon bo`ylaringni olamga tarat,
Xushbo`ylik olamin o`zingga qarat.

Ilk bo`sani tutib tonggi saboga,
Nahot sen ishonding ul bevafoga. (x2)
Hazillashib Nizom, qolmay balog`a,
Hazillashib Nizom, qolmay balog`a.

Rayhon bo`ylaringni olamga tarat,
Xushbo`ylik olamin o`zingga qarat.
Rayhon bo`ylaringni olamga tarat,
Xushbo`ylik olamin o`zingga qarat. (x2)

Xushbo`ylik olamin o`zingga qarat…



Бошка кушик матнлари:


Yulduz Usmonova - Xush keldilar
Dj Piligrim - Ko’k choy
Gulsanam Mamazoitova - Vatan uchun
Gulzoda Xudoynazarova - Xush kelibsiz
Bahrom Nazarov - Nahotki


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты