Yulduz Usmonova - Qizil olma

Baland shoxda qizil olma pishgan ekan,
Uzib olib qarasam, qurt tushgan ekan. (x2)
Men olmani irg`itvorsam, u dod soldi,
Tashlab ketar ekan meni nega oldi? (x2)

Qizil olma, qizil olma pishgan ekan,
Uzib olib qarasam, qurt tushgan ekan.
Qizil olma, qizil olma pishgan ekan,
Bizning boshga shunday savdo tushgan ekan.

Yuragim-ey, seni ne o`y o`rtamoqda?
Sevgiga yo`l bo`lsin bizga bu chorbog`da. (x2)

Baland shoxda qizil olma pishgan ekan,
Uzib olib qarasam, qurt tushgan ekan.
Baland shoxda qizil olma pishgan ekan,
Bizning boshga shunday savdo tushgan ekan.

Qizil olma, qizil olma, men yengildim,
Dunyo ekan, deganlarin endi bildim. (x2)

Baland shoxda qizil olma pishgan ekan,
Bizning boshga shunday savdo tushgan ekan.
Baland shoxda qizil olma pishgan ekan,
Uzib olib qarasam, qurt tushgan ekan.



Бошка кушик матнлари:


Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin
Ulug'bek Holiqov - Bu kechada
Farrux Raimov - O’g’iloy
Shohjahon Jo'raev - Bitta bo’lsin
Bojalar guruhi, Nilufar Usmonova - Tegaman


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты