Sherali Jo'rayev - Tark aylama

Ey, aziz do`st, ko`zlaring giryon, mani tark aylama,
Ketma, oh, mandan yiroq, osmon mani tark aylama,
Ey zamin, poyimda tur, davron mani tark aylama,
O`zga olamga yurib, karvon mani tark aylama.

Ko`k aro sendan munavvardur ul mohi anvari,
Qo`ldagi qutlug` asoying yo`lda jonim rahbari,
Men-ku chavgonman nigohing olmagil mendin nari,
Qistama otingni, ey, armon mani tark aylama,
O`zga olamga yurib, karvon mani tark aylama.

Goh uyonu, goh buyona talpinar lov-lov yonib,
Titragay ojiz bu tanda e’tiqod ham o`rtanib,
Bo`ldi kim sobit bu yo`lda, kimdir iymondan tonib,
Dod etarman yolvorib, iymon mani tark aylama,
O`zga olamga yurib, karvon mani tark aylama.

Ey zamin, poyimda tur, davron mani tark aylama,
O`zga olamga yurib, karvon mani tark aylama.
Jism aro jonsan hamisha, jon mani tark aylama.



Бошка кушик матнлари:


Ozoda Nursaidova - Ketma
Yodgor Mirzajonov - Lov-lov
Yulduz Usmonova - Lov-lov
Komiljon Otaniyozov - Yor qaro ko’zlaring (Na tilar mandan)
SanJay - Karvon


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты