Tohir Mahkamov - Aytmasang aytma

Sevaman sizni, deb aytmasang aytma,
Ketaver, ortingga qaytmasang qaytma. (x2)
Faqat bir kun kelib, afsuslar chekib,
Yor bo`lay o`zim, deb aytmasang qaytma. (x2)
Sevaman sizni, deb aytmasang aytma!

Men seni ko`rgandim dunyolarga teng,
Dunyoda eng aziz zebolarga teng. (x2)
Lekin sen vafoni, ishqni bilmading,
Ketaver, ortingga qaytmasang qaytma. (x2)
Hey, sevaman sizni, deb aytmasang aytma!

Tohir sevdi Zuhroni – yetolmadi bechora,
Laylini sevdi Majnun – oxir bo`ldi devona,
Endi men ham ilojsiz, yo`q edi o`zga chora, {x2}
Ko`nglim qoldi guldan ham, endi bo`lma ovora. {x2}

Sevaman sizni, deb aytmasang aytma,
Ketaver, ortingga qaytmasang qaytma.



Бошка кушик матнлари:


Rayhon - O’rgandim
Rayhon - Netay
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi
Lola Ahmedova - Bilmading
Og'abek Sobirov - Onamga teng bo’la olmas


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты