Ozodbek Nazarbekov - Husnu jamol ichinda

Husn-u jamol ichinda nechakim kamoli bor,
Oyning qachon sening kibi husn-u jamoli bor. (x2)

Umrinda gul yuzunga o`zun bir dam o`xshatib,
Bo`lmish araqta g`arq, hanuz infioli bor.

Gulgun qabo netak quchar ul inchka belni,
Afsun o`qurmu yoxud oning o`zga oli bor.

Husn-u jamol ichinda nechakim kamoli bor,
Oyning qachon sening kibi husn-u jamoli bor.

Ilgin o`pub oyoqina ko`nglak yengi tushar,
Bilmon, aning boshinda dog`i ne xayoli bor?

Og`zini bor desam, aning hech vujudi yo`q,
Belini yo`q desam, vale ehtimoli bor.

Husn-u jamol ichinda nechakim kamoli bor,
Oyning qachon sening kibi husn-u jamoli bor.

Zulfuni tong nasimi tushurmish qulog`ina,
Bu so`zni bir aytqali kimning majoli bor!

Nuqsoni bor har ishta bechora Lutfiyning,
Dilbar jamoli vasfida lekin kamoli bor.

Husn-u jamol ichinda nechakim kamoli bor,
Oyning qachon sening kibi husn-u jamoli bor.



Бошка кушик матнлари:


Shaxriyor - Tashlandiq
Sarvar va Komil - Raqs tushar
Og'abek Sobirov - Dog’iman
Shahboz va Navro'z - Sog’ina
Shaxriyor, Yulduz Usmonova - Dam-badam


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты