Muzaffar Abduazimov - Zamon keldi

Zamoni keldi, zamoni keldi,
O`ynab-kuling do`stlarim, zamoni keldi.
Zamoni keldi, zamoni keldi,
O`zbek degan buyuk yurt karvoni keldi.

Karnay-surnay sadolari bizga meros azaldan,
Bu chamanning bulbullari kuylar shomu-sahardan.

Donin yegan chumchuqlar ham kechmaydi bu chamandan,
Hur muqaddas zamin bormi bizning ona Vatandan? (x2)

Zamoni keldi, zamoni keldi,
O`ynab-kuling do`stlarim, zamoni keldi.
Zamoni keldi, zamoni keldi,
O`zbek degan buyuk yurt karvoni keldi.

Shukronalar bo`lsin, elim osmoni tinch, yurting tinch,
Quchog`ingda o`ynab-kulgan bola bog`chang, uying tinch.

Qarang qanday zamon keldi, ko`z tegmasin bizga hech,
Bir tilagim bor dilimda – azim dunyo bo`lsin tinch. (x2)

Zamoni keldi, zamoni keldi,
O`ynab-kuling do`stlarim, zamoni keldi.
Zamoni keldi, zamoni keldi,
O`zbek degan buyuk yurt karvoni keldi.

Qo`lni qo`lga beraylik, go`zal hayot quraylik,
Shunday baxtli zamonda davru-davron suraylik. (x2)

Zamoni keldi, zamoni keldi,
O`ynab-kuling do`stlarim, zamoni keldi.
Zamoni keldi, zamoni keldi,
O`zbek degan buyuk yurt karvoni keldi. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Abdulhay Karimov - To’y bola
Yulduz Abdullayeva - Hay bola
Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin
Zulayho Boyxonova - Yurtim
Tohir Usmonov - Xolidaxon


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты