Ozodbek Nazarbekov - Yo’qtur

Ko`zungdek kezguchi ayyora yo`qtur,
Qoshingtek bir pari makkora yo`qtur.

Fusunlar birla yer g`amzang jigarni,
Aningtek ham yana xunxora yo`qtur. (x2)

Seni ko`rmay o`larman gar yo`luqsam,
Junundin toqati nazzora yo`qtur.

Kichik og`zing g`aminda oshiqingg`a,
Uluq tinmoqdin o`zga chora yo`qtur.

Ko`ngullar dardig`a gar chora qilsang,
Meningtek dunyoda bechora yo`qtur.

Netar lola turub yobonda muncha,
Uyotingdin agar ovora yo`qtur.

Jafo ko`p qilmakim ko`nglung masallik,
Bu Lutfiy joni sentek xora yo`qtur.

Ko`zungdek kezguchi ayyora yo`qtur…



Бошка кушик матнлари:


Sherzod Bek - Janon pari
Subxan - Lola
Bojalar guruhi - Oypari
Shahzoda - Pari
Sahar - Lola


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты