Sherali Jo'rayev - Chimildiq

Har bir qizning iffati durdonadur,
Chimildig`i unga davlatxonadur,
Koshonadan aziz koshonadur,
Chimildiqqa kir, armoning qolmasin,
Chimildiqqa kirmagan qiz qolmasin.

Har sanamni chimildiqda yori kutsin,
Suzik-suzik, ko`zlarni zor-zori kutsin,
Qalbi olov, qatorida nori kutsin,
Chimildiqqa kir, armoning qolmasin,
Chimildiqqa kirmagan zot qolmasin.

Kelinchakka jannat erur, chimildi`gim,
Tillolardan qimmat erur, chimildig`im,
Sharq qiziga sunnat erur, chimildig`im,
Chimildiqqa kir, armoning qolmasin,
Chimildiqqa kirmagan qiz qolmasin.



Бошка кушик матнлари:


Shohzamon - Chimildiqda aldanma do’stim
Sarvara - Chimildiq
Shohruhxon - Ayol
Feruza Jumaniyozova - Chimildiq
Alisher Zokirov - Chimildig’ing qani


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты