Dilfuza Rahimova - Elimga

Gar tilasang, jonimni ham berayin,
Farzandlaring saflarida turayin,
Tikon kirsa, kiprigim-la terayin,
Jonim fido, umrim fido elimga.

Men Buxoriy, Farg`oniylar nasliman,
Samarqandiy, Termiziylar asliman,
Shijoatda bobom Temur misliman,
Jonim fido, umrim fido elimga.

Jonim fido, umrim fido elimga,
Jonim fido, umrim fido elimga,
Jonim fido, umrim fido elimga.

Tuprog`ining har zarrasi bir dunyo,
Har zarrada jo bo`lgay bir avliyo,
Tuprog`ini ko`zga aylab to`tiyo,
Jonim fido, umrim fido elimga.

Mashaqqatlar o`tkinchidir, yurt mangu,
Elim mangu, nomus ila yurt mangu,
Boshim uzra yog`ilgan bu nur mangu,
Jonim fido, umrim fido elimga.

Jonim fido, umrim fido elimga,
Jonim fido, umrim fido elimga,
Jonim fido, umrim fido elimga.

Azizdirsan farzandlarim yuziday,
Muqaddassan onajonim ko`ziday,
Mangudirsan bobolarim so`ziday,
Jonim fido, umrim fido elimga.

Jonim fido, umrim fido elimga… {x5}



Бошка кушик матнлари:


Mohim - Assalom Navro’z
Farruh Komilov, Ravshan Komilov - Muqaddas ayol
Hosila Rahimova - Elim
Iroda Dilroz - Qanday baxtliman
Setanho guruhi - Elim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты