Tohir Mahkamov - Biz uzoqroqqa boramiz

Xayr do`stim, omon bo`ling,
Biz uzoqroqqa boramiz.
G`amga botsak, yayrab kuling,
Biz uzoqroqqa boramiz. (x2)

G`iybatlarga oching quchoq,
Ortimizdan oting pichoq,
Yo`lga qazib charchamang choh,
Biz uzoqroqqa boramiz. (x2)

Biz uzoqroqqa boramiz,
Biz uzoqroqqa boramiz,
Biz uzoqroqqa boramiz, biz. (x2)

Hol so`rab ko`nglimni olmang,
Sinab sabrimni hech tolmang,
Boring, yo`lingizdan qolmang,
Biz uzoqroqqa boramiz. (x2)

Alishmaymiz mayga do`stni,
Xor qilib qo`ymaymiz o`zni,
Alloh yorug` qilsa yuzni,
Biz uzoqroqqa boramiz. (x2)

Biz uzoqroqqa boramiz,
Biz uzoqroqqa boramiz,
Biz uzoqroqqa boramiz, biz. (x2)

Sizda so`zu yurak bo`lak,
Yo`llar bo`lak, tilak bo`lak,
Sizga oshno kerak bo`lak,
Biz uzoqroqqa boramiz. (x2)

Jonimni jon joyin oling,
Mehrga kon joyin oling,
Yurakni qon joyin oling,
Biz uzoqroqqa boramiz. (x2)

Biz uzoqroqqa boramiz,
Biz uzoqroqqa boramiz,
Biz uzoqroqqa boramiz, biz. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Oqshom guruhi - Xayr
Adi - Ro’mol
Ozodbek Nazarbekov - Olloh go’zal
Sardor Mamadaliyev - Omon yora
Nuriddin Haydarov - Aldama


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты