Sabr bilan o`tdi yillar qator-qator,
Azoblarda kelib ketdi, qishu bahor.
O`zbegimning bekligini qaytib bergan
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!
Yurtim deya, elim deya, joni fido,
O`zbekiston ko`ksidagi bitta tumor,
Xalqimizning yuragida shu iltijo:
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!
Xalqimizning yuragida shu iltijo:
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!
Dunyolarga diyorimni tanitganim,
Har ko`ngilga bera olgan shon-iftixor,
Ey Xudoyim, quvonmasin aslo g`anim,
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!
Yana qayda yashash mumkin emin-erkin?
Shu o`lkadek tinch mamlakat qaylarda bor?
Kerak bo`lsa, mening umrim qo`shib bergin,
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!
Kerak bo`lsa, mening umrim qo`shib bergin,
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!
Bilaman, bu yurtni suygaydir Olloh,
Bu Vatan, vatanlar ichra gul dargoh,
Yurtning shoni bilan mushtarak billoh,
Shoningiz kerakdir, O`zbekistonga!
Yurtning shoni bilan mushtarak billoh,
O`zingiz kerakdir, O`zbekistonga!
Duodamiz, duodamiz, duodamiz,
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor!
Duodamiz, duodamiz, duodamiz,
Yurtboshimni omon asra, Parvardigor! {x2}
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: