Zamira Suyunova - Oy buloq

Oymomo cho`milgan oy buloq,
Oy buloq, ko`nglimni yoy, buloq. (x2)
Kuylagan tilingdan o`rgilay,
Anvoyi kuylarga boy buloq. (x2)

Bu tashna dilim shod qil,
Shod qil hamda obod qil. (x2)
Men aytay dilimning rozini,
Sen uni avaylab yod qil. (x2)

Yod qil, avaylab kuyga sol,
Kuyga sol, kuy bilan dardim ol.
Dardim ol, kuyimni yangratib,
Eshitib, qayrilsin u xiyol. {x2}

U xiyol qayrilsa, bas menga,
Bas menga, u kirsa azmingga.
Nahotki shunchalar suyganim,
Shunchalar kuyganim oz menga.

Nahotki shunchalar suyganim,
Shunchalar kuyganim oz menga. {x3}



Бошка кушик матнлари:


Yalla ansambli - Pochcha
Dj Piligrim, Nilufar - Dilim
Yulduz Usmonova - Qora ko’zim
Botir Qodirov - Kimga aytay
Big Time Rush - Boyfriend


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты