Subhidamda suvga chiqsam,
Bir yigit xomush yurar.
Aqli-xushi yo`q ozida,
Goh turib, goh o`ltirar.
Tim qora ko`z tikilmish,
Suvga aytib arzi dil.
Yo uning ko`zgusida bir
Mohiro`y yorni ko`rar.
Subhidamda suvga chiqsam,
Bir yigit xomush yurar.
Aqli-xushi yo`q ozida,
Goh turib, goh o`ltirar.
Tong shamoli so`rsa holin,
Sochlaridan goh o`pib,
Oh urib undan yigit,
Yo sharpasi, vaslin so`rar.
Holiga zimdan nazar
Tashlab dilim bo`ldi zabun,
Bilmadim xushi qayoqda,
Sur’ati bunda turar. (x2)
Subhidamda suvga chiqsam,
Bir yigit xomush yurar.
Aqli-xushi yo`q ozida,
Goh turib, goh o`ltirar.
Tim qora ko`z tikilmish,
Suvga aytib arzi dil.
Yo uning ko`zgusida bir
Mohiro`y yorni ko`rar.
Qay parivash ko`rmadi
Payvasta qoshlar husnin,
Der Saida: ishq qadrin
Bilmaganni ishq urar. (x2)
Subhidamda suvga chiqsam,
Bir yigit xomush yurar…
Ho, tim qora ko`z tikilmish,
Suvga aytib arzi dil.
Yo uning ko`zgusida bir
Mohiro`y yorni ko`rar.
Subhidamda suvga chiqsam,
Bir yigit xomush yurar.
Aqli-xushi yo`q ozida,
Goh turib, goh o`ltirar.
Бошка кушик матнлари: