VIA Sharq - Dengiz

Dengiz, mayin shamol
Yeladi izma-iz,
Bildim u sezganin,
Yo`qligin bu hayot menga sensiz.

Kunu tundek yonma-yonmiz birga,
Bir butun oy ham o`xshaydi bizga.
Otash, olov yo suv harorati –
Sevgimizning bor tarovati.

Men senga billur osmondan
Beray yulduzli tunni,
Ertalab uyg`onganingda
Qirmizi tongni.

Sen bilan dengiz bo`yida
Ming bir kecha kezaman,
Bu shirin damlar ko`yida
Seni sevaman.

Dardli nigohlaring
Yondirar yulduzlar,
Yurak hayratlaring
Sevgimizdan so`zlar.

Sohil bo`ylarin to`lqin erkalar,
Aytayotgandek sirli ertaklar.
Men xohlardimki sen-la bo`lishni,
Kemalarda dunyo kezishni.

Men senga billur osmondan
Beray yulduzli tunni,
Ertalab uyg`onganingda
Qirmizi tongni.
Sen bilan dengiz bo`yida
Ming bir kecha kezaman,
Bu shirin damlar ko`yida
Seni sevaman. (x1+x1)

Bu go`zal onlar ko`yida
Seni sevaman.



Бошка кушик матнлари:


Munisa Rizayeva - Yonma dil
Jasurbek Mavlonov - Mayin-mayin
Yulduz Usmonova - Yonma-yon
Alisher Fayz - Shamol
Farhod va Shirin - Yondirar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты