Via Marokand - Hamma harakatda

Nahotki shuncha gaplar yolg`on,
Sodda bo`lib, aldandimmi oson?
Kecha edi so`zlar bolli-bolli,
Sevgi izhor edi jonli-jonli-jonli.

Oy yuzli, gulchehra qiz,
Buncha xafa bo`laverasiz?
Sovchi yuborishdan oldin
Qancha va’da bergansiz!

Ey jonim, asalim, shaddod go`zalim,
Kiprigi nayzali, jallod nazarim,
Shartu talablaringiz ko`p,
To`y bo`lsa, shunaqa bo`lsin, xo`p?

“Ummon”, Shohruhxon,
Lola, Shahzoda, Rayhon,
Ey xonanda, ey sozanda,
To`yimiz bo`lar “Farovon”da.

Kuyov oshi “qatta”, asal oyi “qatta”?
Hamma harakatda, hamma harakatda.
Hamma harakatda, hamma harakatda,
“VIA Marokand” yana xizmatda.

Men tanlagan “Cabriolet” qani?
Yonida rangi qora “Gelenvagen” qani?
Yevropaga bordi-keldi ikkita chipta qani?
“Ganga”da bitta muzqaymoqqa aldadi!

To`ydan keyin hamma “Gelenvagen”lar suradi,
Biz Yevropaga ketsak, chala uyni kim quradi?
Shohruhxonning ashulasini ukam biladi,
“Ummon” bizning to`yimizda nima qiladi?

“Ummon”, Shohruhxon,
Lola, Shahzoda, Rayhon,
Ey xonanda, ey sozanda,
To`yimiz bo`lar “Farovon”da.
Kuyov oshi “qatta”, asal oyi “qatta”?
Hamma harakatda, hamma harakatda.
Hamma harakatda, hamma harakatda,
“VIA Marokand” yana xizmatda. (x1+x1)



Бошка кушик матнлари:


Munisa Rizayeva - Xafa-xafa
Sarbon guruhi - Jimir-jimir
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Subxan - Lola
Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты