Shahzoda - Sen

O`tib ketdi oqshomlar,
Esdan chiqdi uchrashuvlar,
Baxtimiz yo`qoldi birdan,
Sen meni unutgan kundan.

Afsus, uchrashmaymiz endi,
Hatto nigohlarimiz ham
Uchrashmaydi nega endi,
Hatto yonimdan o`tsang ham?

Ajralish bu shunchalik oson,
Uchrashish bu naqadar qiyin,
Baxtli bo`lish, uni asrash qiyin.

Sen yonimda bo`lgin, yodimda bo`lgin,
Sen mening jonim, senda xayolim,
Mening yorim, sensan hayotim. (x2)

Balki o`sha oqshomlarni
Men ham eslamayman endi.
Biz birga bo`lgan kunlarni
Men bugundan unutaman.

Afsuski, asray olmadik,
Biz yo`qotdik baxtimizni.
Afsus, birga bo`lolmadik,
Afsus chindan seva olmadik.

Ajralish bu shunchalik oson,
Uchrashish bu naqadar qiyin,
Baxtli bo`lish, uni asrash qiyin.

Sen yonimda bo`lgin, yodimda bo`lgin,
Sen mening jonim, senda xayolim,
Mening yorim, sensan hayotim. (x2+x2)



Бошка кушик матнлари:


Kumush Razzoqova - Ketdi-ketdi
Mahmud Namozov - Nigohlarimiz
Rayhon - Unutaman
Fazo - Seva olmadim
Tohir Sodiqov - Hayolim senda


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты