Sherali Jo'rayev - Bilmassan

Ko`ngil ichra nechuk olam, nechuk sulton bilmassan,
Tanam sarg`aydi, poyim ustivor, chandon bilmassan.

Munavvar bir quyoshmen, dur to`la to`lqinli ummonman,
Zamin tegramdadir, dilda yashar osmon, bilmassan. {x2}

Jahon bo`stonida bir bolaridek uchganim-uchgan,
Asaldek so`zlarim, lekin senga pinhon – bilmassan.

Aql begonamish senga, bu demish fahmu farosat ham,
Bilarman deb dam urma, bilganing yolg`on, bilmassan.

Ko`ngil ichra nechuk olam, nechuk sulton bilmassan,
Tanam sarg`aydi, poyim ustivor, chandon bilmassan.



Бошка кушик матнлари:


Sharof Muqimov - Ayolni urma
Afruz guruhi - Dam bu dam
Shaxriyor, Yulduz Usmonova - Dam-badam
Shaxriyor, Shohruhxon - Quvg’in
Shohruhxon - Quvg’in (Dam dema)


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты