Ravshan Komilov - Yoqadi

Erkam, menga nozlanib
Yurishlaring yoqadi,
Guldek ochilib, yashnab,
Kulishlaring yoqadi.

Yuzing quyoshmi, oymi,
Boqsam, qamashar ko`zlar.
Jilolanib tovusdek,
Turishlaring yoqadi.

Qomatingga, parivash,
Tasadduq desam jonim,
Erkalanib, bag`rimni
Tilishlaring yoqadi.

Qaynab-toshib yuragim,
Bir bo`sa xumor etsam,
Yomonsiz, deb chakkamga
Urishlaring yoqadi.

Go`zallar ichra tanho
O`zingsan, desam, jonim,
Shirin-shirin xayollar
Surishlaring yoqadi.

Sumbul sochlaring silab,
Quchsam nozik belingdan,
Xirom aylab, yonimga
Kelishlaring yoqadi.

Erkam, menga nozlanib
Yurishlaring yoqadi,
Guldek ochilib, yashnab,
Kulishlaring yoqadi.

Yurishlaring yoqadi,
Kulishlaring yoqadi.



Бошка кушик матнлари:


Davron Ahmedov - Go’zallar
Shahzod Murodov - Onam xirom etganda
Sherali Jo'rayev - Nozik
Zulayho Boyxonova - Nay navosi
Habiba Oxunova - Nayning navosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты