Dildora Niyozova - Toshkent

Toshkent ona shahrimda ajoyib kundir mana,
Aziz Toshkent.
Sen mehr oftobidan nur olib baxtga to`lding,
Poytaxt Toshkent.

O`zbekiston yuragi, xalqimning yorug` qalbi,
Sensan Toshkent.
Sen non shahri bo`lgansan va hozir ham shundaysan,
Mehrim Toshkent.

Toshkent, Toshkent, Toshkent, Toshkent,
Sharqda tanho yulduz Toshkent.
Sevgim, baxtim sen-la birga,
Sening maftuningman bir umrga,
Mening hayotimsan bir umrga.

Toshkent ona shahrimda favvoralar sochilsin
Osmongacha.
Porlagan yulduzchalar oqshomlarni yoritsin
Tonglargacha.

Ertalabdan quyoshning nurlari yetib borsin
Odamlarga.
Tinchlik va yana tinchlik tilayman aziz yurtim
Men senga.

Toshkent, Toshkent, Toshkent, Toshkent,
Sharqda tanho yulduz Toshkent.
Sevgim, baxtim sen-la birga,
Sening maftuningman bir umrga, (x2)
Mening hayotimsan bir umrga.



Бошка кушик матнлари:


Husniddin Xoliqov - O’zbekiston
Sherali Jo'rayev - O’zbekiston
Sevara - Dildora
Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin
Afruz guruhi, Rayhon, Saida, Shahzoda, Shaxriyor - O’zbekiston futbol madhiyasi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты