Topdim malham shirin jilvalaringdan,
Qochib bu dunyoning sehridan.
Qotdim lol holati olib bir xabar,
Oshiqlikning alomati ortar.
Hey Gulira’no, Gulira’no,
Ko`nglimda ochilgan bog`i-bahormisan?
Ey Gulira’no, Gulira’no,
Nazdimda yaralgan chog`i nahormisan-ey?
Ochdim o`zim uchun o`zga sayyora,
Yaqinlashib sirga tobora.
Bebosh demang, bu dard o`zimga yoqar,
Sharobi ishq kibrimni sindirar.
Hey Gulira’no, Gulira’no,
Ko`nglimda ochilgan bog`i-bahormisan?
Ey Gulira’no, Gulira’no,
Nazdimda yaralgan chog`i nahormisan-ey? (x1+x1)
Бошка кушик матнлари: