Farrux Xamraev - Baxtli bo’lsang bas

Quvonchu, mayli, shodlik
Bo`lsin faqat sen taraf.
Ayriliq-u alamlar
Mayli, bo`lsin men taraf.

Senga zarracha ozor
Tegmasa faqat deyman.
Kim bilan bo`lsang ham,
Baxtli bo`lsang bas.

Yuragingda men uchun
Mayli, sen joy bermagin,
Kimni sevsang-u sevgin,
Lekin ko`z yosh to`kmagin.

Men yetolmagan baxtga
Sen faqat yetib yurgin,
Kim bilan bo`lsang ham,
Baxtli bo`lsang bas.

Ko`zlaring kulib tursa bas,
Yuraging urib tursa bas,
Hayoting quvonchga to`lsa bas,
Kim bilan bo`lsang ham,
Baxtli bo`lsang bas. (x2)

Yuragingda men uchun
Mayli, sen joy bermagin,
Kimni sevsang-u sevgin,
Lekin ko`z yosh to`kmagin.

Men yetolmagan baxtga
Sen faqat yetib yurgin,
Kim bilan bo`lsang ham,
Baxtli bo`lsang bas.

Berganingda bir imkon,
Balki baxtli qilardim.
Atirguldan uy yasab,
Senga qasr qurardim.

Sen xohlagan oq otda
Balki o`zim kelardim,
Kim bilan bo`lsang ham,
Baxtli bo`lsang bas.

Ko`zlaring kulib tursa bas,
Yuraging urib tursa bas,
Hayoting quvonchga to`lsa bas,
Kim bilan bo`lsang ham,
Baxtli bo`lsang bas. (x2)

To`ylaringga to`yonani
Agar berib yuborsam,
Qo`lga olib, sen qo`rqmagin,
U hamon urib tursa.

Sen uchun men yashayabman,
Armonim, men hali ham.
Kim bilan bo`lsang ham,
Baxtli bo`lsang bas.

Quvonchu, mayli, shodlik
Bo`lsin faqat sen taraf.
Ayriliq-u alamlar
Mayli, bo`lsin men taraf.

Senga zarracha ozor
Tegmasa faqat deyman.
Kim bilan bo`lsang ham,
Baxtli bo`lsang bas.

Ko`zlaring kulib tursa bas,
Yuraging urib tursa bas,
Hayoting quvonchga to`lsa bas,
Kim bilan bo`lsang ham,
Baxtli bo`lsang bas. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Og'abek Sobirov - Ozor
Bojalar guruhi - Yigirma yosh
Shoxrux - Avayla
Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin
Farrux Xamraev - Voy-dod Odnoklassniki


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты