Tohir Mahkamov - Oq o’rdak

Oydin ko`lda oq o`rdak,
O`polmadim bo`ynidan,
Qanday tortib olaman
Endi birov qo`ynidan. (x2)

Ilinmadi, bu ko`lga
Men-da tuzoq qo`ygandim,
Zolim sayyod bo`lsam ham,
Oq o`rdakni suygandim.

Zolim sayyod bo`lsam ham,
Oq o`rdakni suygandim.

Sohillardan so`rasam,
Jilmayadi suv yuzi,
Yer yuzida bittadir,
Shu o`lkaning shu qizi.

Endi bo`ldi, bariga
Siltayurman qo`limni,
Bosib ketsin nilufar
O`rdagi yo`q ko`limni. (x2+x1)

Bosib ketsin nilufar
O`rdagi yo`q ko`limni.



Бошка кушик матнлари:


Ulug'bek Rahmatullaev - Oydin kechalar
Bojalar guruhi - Surxon qizi
Mango guruhi - Oydin
Kamoliddin Rahmatov - Birov bilmaydi
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты