Botir Qodirov - Qaytaman

Qiynog`u xayollardan qolganda nolib,
Sendan yiroqlarga ketgandim nolib.
Qiynog`u xayollardan tolganda nolib,
Sendan yiroqlarga ketgandim nolib.
Sensiz zulmat ekan bu yorug` olam,

Qaytaman yoningga, dilimda nolam,
Baribir qaytaman yoningga nolon. (x2)

Bandaman, xatolik o`tdi o`zimdan,
Bevafo desang ham, mayliga, jonim.
Shashqator yosh oqar maning ko`zimdan,
Rahm ayla, o`tmagay sensiz har onim.

Qaytaman yoningga, dilimda nolam,
Baribir qaytaman yoningga nolon. (x2)

Hijron azoblari ochdi ko`zimni,
Haydama jonginam, tingla so`zimni. (x2)
Tunlari yetolmay ko`ksimni tildim,
Seni sevishimni, ishon, kech bildim. (x2)

Qaytaman yoningga, dilimda nolam,
Baribir qaytaman yoningga nolon.

Ko`zlar to`qnash kelib, uchrashgan chog`da
Seni sevishimni takror aytaman.
Notavon oshiqman, qolganman dog`da,
Baribir yoningga bir bor qaytaman.

Qaytaman yoningga, dilimda nolam,
Baribir qaytaman yoningga nolon. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Navro'z Sobirov - Haydama
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Bojalar guruhi - Yigirma yosh
Shoxrux - Hayr bevafo
Doston Ubaydullaev - Yoshlik


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты