Kiyim-kechaklarin yig`ib yukladi jomadonga,
Ishdan bir oylik “путевка”, dedi: “Toshkentim goodbye”.
Hech narsa demadi hatto qo`shnisi Ahmadjonga,
Zubayda xonimning yo`l olgan shahri nomi “Dubay”.
Yana qarab yurmagin dubaylik oliftalarga,
Unutma, kutar seni Toshkentda chapani yigit.
Juda rasmga tushaverma, chiqib olib kliplarga,
Ustimdan hatto kulmoqda anu do`stim Jamshid.
Zubayda, Zubayda,
Zubayda, ayt ne bor shu Dubayda?
Zubayda, Zubayda,
Zubayda, ayt ne bor shu Dubayda?
Ketishingni hamma bilibdi, faqat man bilmabman,
Yaqin dugonalaring aziz ko`ribsan mendan ham.
Yoningga boray deymanu, lekin yaxshi bilasan –
Mendan umidvor onajonim yolg`iz farzandiman.
Qayt yonimga, maning shirin so`zligim,
Qayt yonimga, maning qora ko`zligim,
Qayt yonimga, kel yonimga.
Zubayda, Zubayda,
Zubayda, ayt ne bor shu Dubayda?
Zubayda, Zubayda,
Zubayda, ayt ne bor shu Dubayda? (x1+x1)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: