Isroil Saidumarov - Ko’ngil band bo’ldi

Ketolmayman yiroq sendan,
Ko`ngil band bo`ldi, band bo`ldi.
Nechun, deb so`rmagil, mendan,
Ko`ngil band bo`ldi, band bo`ldi.

Ko`zing jodumikan, jonon,
Kulib aylar meni shodon.
Uzolmayman ko`ngil bir on,
Ko`ngil band bo`ldi, band bo`ldi.

Ajib san’at, malohat bu,
Bu odobdir, nazokat bu.
Menga, balki, saodat bu,
Ko`ngil band bo`ldi, band bo`ldi.

Magar sen bo`lmasang, dildor,
Parivash yorki, gul ruxsor.
Sevib qolgaymidim, ey yor,
Ko`ngil band bo`ldi, band bo`ldi. (x2)

Band bo`ldi…



Бошка кушик матнлари:


Setanho guruhi - Sen bo’lmasang
Miraziz Muhamedov - Bu ko’ngil senga band bo’ldi
Zamir - San-san
Ozodbek Nazarbekov - Gul (2017)
Bojalar guruhi, Shaxri - Zing-zing


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты