Dilmurod Musayev, Shahzoda - Netay

[Shahzoda]
Tomosha bog` yo`lida,
Yigit, kimni poylaysan?
Yo sevganing qo`liga
Gulni berish o`ylaysan?

[Dilmurod Musayev]
Sevarmu deb o`ylayman,
Bilmoq bo`lib ko`nglini.
Ba’zan o`zim qiynayman
Topolmay so`z o`ngini.

[Shahzoda]
Ba’zan o`zni qiynaysan-ey
Topolmay so`z o`ngini.

Deydilar, qush sezadi
Uchar qushning tilini,
O`ylaganing sevadi,
Shoshma, ochar dilini.

[Dilmurod Musayev]
Hozir xayol suraman,
Ranjimasdan birovdan.
Mayli, poylab turaman-ey,
Sevgim o`tar sinovdan.

[Shahzoda]
Mayli, poylab turaver,
Ishqing o`tar sinovdan.

Tomosha bog` yo`lida,
Yigit, kimni poylaysan?
[Dilmurod Musayev]
Yo sevganim qo`liga
Gulni berish o`ylayman.

[Shahzoda]
Gulni berish o`ylaysan-ey.
[Dilmurod Musayev]
Gulni berish o`ylayman.



Бошка кушик матнлари:


G'ulomjon Yoqubov - Shoshma
Jahongir Otajonov - Mayli
Shahzoda - Sen tomon
Shahzoda, Shohruhxon - Shoshma
Ulug'bek Rahmatullaev - Qaytar dunyo


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты